Qozog‘iston: To‘qaev armiyada "radikal islohot" boshladi - video

Prezident To‘qaev va Qozog‘istonning yangi Mudofaa vazirigi Aydos Mirzaxmetov
Surat tagso‘zi, Yangi mudofaa vazirigi Prezident To‘qaev harbiylarning xavfsizligi ustuvor vazifa bo‘lmog‘i lozimligini urg‘uladi
Published
O'qilish vaqti: 4 daq

Qozog‘iston Harbiy-dengiz kuchlarining mashqlari paytida Kaspiy dengizida harbiylar halok bo‘lgani ortidan Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qaev mamlakat qurolli kuchlarida "radikal islohot" boshlaganini e’lon qildi.

Fojea ortidan Prezident To‘qaev Qozog‘iston mudofaa rahbariyati ishtirokida majlis o‘tkazdi.

Mudofaa vazirligi rahbariyatining fojea oldini ololmaganini "jinoiy noprofessionalizm" deb ta’rifladi Prezident To‘qaev.

"O‘tmishdagi fojialardan hech qanday xulosa chiqarilmagan. Bu o‘quv mashg‘ulotlarining g‘oyasini kim ishlab chiqqan va tasdiqlagan? Bosh shtabning roli va muvofiqlashtirishi qanday bo‘lgan? Nega harbiy-dengiz kuchlarining bosh qo‘mondoni mashqlarda bo‘lmagan? Mas’uliyatsizlik, beparvolik, ko‘z-ko‘z qilish odatiy holga aylangan. Tizimli ish yo‘q, inqirozli vaziyatlarga javob qaytarish rejalari hech qanday tanqidga dosh bermaydi. Bularning barchasi harbiy rahbariyatning befarqligi oqibatidir", – dedi To‘qaev yig‘ilishda.

Prezident To‘qaev aytishicha, Qozog‘iston Xavfsizlik Kengashi Mudofaa vazirligidagi talabga javob bermaslik hamda moliyaviy besamar boshqaruv ildizlarini aniqlash maqsadida keng miqyosli tekshirishlarni allaqachon boshlagan.

Prezident To‘qaev ta’biricha, Mudofaa vazirligi "o‘tgan asrda qolib ketgan".

Qozog‘iston prezidenti Xavfsizlik Kengashi va Mudofaa vazirligiga harbiy islohotlarning kompleks rejasini ishlab chiqish buyrug‘ini berdi.

Ushbu reja yangi qo‘mondonlarni kompetentligi va tajribasiga tayanib tayinlanish, mablag‘larni talon-taroj qilish holatlarini bartaraf etish va byudjet resurslarini maqsadli sarflanishini ta’minlash bilan zamonaviy armiyani barpo etish maqsadiga qaratilgan.

Prezident To‘qaev aytishicha, Qozog‘iston Xavfsizlik Kengashi islohotlar borishini nazorat qilib boradi.

Prezident To‘qaev Dauren Kosanovni Mudofaa vaziri lavozimidan bo‘shatdi.

Qozog‘iston Mudofaa vaziri etib 45 yashar general-mayor Aydos Mirzaxmetov tayinlandi.

Shu vaqtgacha Aydos Mirzaxmetov Qozog‘iston Qurolli kuchlarining Maxsus operatsiyalar kuchlariga qo‘mondonlik qilib kelgan.

Prezident To‘qaev yangi Mudofaa vaziri Aydos Mirzaxmetovni prezident qarorgohida qabul qildi, unga qator muhim vazifalar topshirdi.

Ulardan biri harbiy xizmatchilarning xavfsizligi ustuvor vazifa bo‘lishi kerakligi urg‘ulandi, deya xabar berdi Oq O‘rda.

General Kosanov Mudofaa vaziri lavozimida atigi bir yilcha ishladi.

Undan oldingi vazir Ruslan Jaksilikov Mudofaa vazirligidagi qator halokatli voqealar va o‘z joniga qasd qilish holatlari sabab lavozimidan bo‘shatilgan edi.

25 sentyabr. Qozog‘istondagi mashg‘ulotlar paytida Kaspiy dengiziga oqib ketgan 14 nafar harbiy halok bo‘ldi

Mang‘istau viloyati hokimligi qutqaruv ishlari aks etgan suratlarni e’lon qildi.
Surat tagso‘zi, Mang‘istau viloyati hokimligi qutqaruv ishlari aks etgan suratlarni e’lon qildi.

Qozog‘istondagi harbiy mashg‘ulotlar paytida Kaspiy dengiziga oqib ketgan 17 nafar harbiydan 14 nafari halok bo‘lgani tasdiqlandi. Yana uch nafari qutqarilgan.

25 sentyabr kuni bedarak ketgan ikki harbiyning jasadi topilgach, qidiruv ishlari yakunlangan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qaevga ta’ziya bildirishdi.

Hodisa 24 sentyabr kuni Qozog‘istonning janubi-g‘arbidagi Mang‘istau viloyatida yuz bergan.

Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Qanat Bozumbaev Telegram'da 17 harbiy dengizga oqib ketganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "ob-havo sharoiti keskin yomonlashib, shamol kuchaygani sababli o‘quv-jangovar vazifani bajarish vaqtida" sodir bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Voqealar rivoji

Qutqaruv amaliyotlari

Biroq 22 sentyabrь kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligining Telegram sahifasida Kaspiy dengizining Qozog‘istonga tegishli qismida "Kaspiy himoyasi - 2026" harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgani haqida xabar paydo bo‘lgandi. Mashg‘ulotlarda 500 nafardan ortiq harbiy xizmatchi, jangovar kemalar va sohil bo‘linmalari ishtirok etayotgani aytilgan.

Payshanba kuni kechqurun Qozog‘iston Mudofaa vazirligi halok bo‘lgan 12 harbiyning ismlari keltirilgan ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga muddatli harbiy xizmatdagi 11 nafar matros va bir katta leytenant kiritilgan.

Lada.kz nashri e’lon qilgan kadrlarda qutqaruv ishlari aks etgan bo‘lishi mumkin. Kunduzi olingan kadrlarda hodisa joyida kuchli shamol hali ham esayotgani, qutqaruv ishlari olib borilayotgan dengiz hududida esa harbiy kema borligi ko‘ringan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qaev harbiylarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi va 25 sentyabrni umummilliy motam kuni deb e’lon qildi.

"Kazinform" agentligi xabar berishicha, bosh vazir o‘rinbosari Bozumbaev hodisani tekshirish bo‘yicha komissiyaga rahbarlik qila boshlaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, "hodisa munosabati bilan vakolatli idoralar tomonidan allaqachon jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan".