Odil Turdiqulov yana Ukrainadagi O‘zbek harbiy asirlari bilan suhbatlashdi - Video

Qirg‘izistonlik taniqli jurnalist va faol Odil Turdiqulov Rossiya Ukrainaga to‘laqonli bosqin boshlaganidan keyingi Kievga uchinchi safaridan qaytdi.
Bu gal ham u Rossiya tarafida turib qo‘liga qurol olgan Markaziy Osiyoliklar, xususan, o‘zbekistonlik harbiy asirlardan intervyular oldi.
Bu safar 11 tutqun bilan suhbatlashdim, dedi Odil Turdiqulov Bi-bi-siga.
Ukrainadagi "Xochu jitь" loyihasi urushda tirik qolish, Rossiyada tarafida turib jang qilish oqibatlaridan ogohlantirish bilan u shug‘ullanadi, Odil Turdiqulov loyiha bilan hamkorlik qiladi.
"Xochu jitь" loyihasi yordami bilan O‘zbek birodarlarimiz bilan O‘zbek tilida suhbatlashdik", deydi Odil Turdiqulov.
Kievga so‘nggi safaridan keyin Odil Turdiqulov intervyu olgan markaziy osiyolik asirlar soni 26 ga yetganini aytadi.
"Ularning ko‘pi O‘zbek fuqarolar. Ularning nega ko‘p ekani sababi tushunarli, chunki Rossiyadagi eng ko‘p migrantlar ham O‘zbekiston yurtoshlaridir. Shuning uchun "Xochu jitь" ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida urushda eng ko‘p ishtirok etayotganlar ham o‘zbekistonliklardir", deydi jurnalist.
Suhbatlar Odil Turdiqulovning YouTube dagi SHAMAN TV kanalida e’lon qilib boriladi.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da
A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing
End of podcast promotion
Ukraina rasmiy idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Rossiya tarafida turib Ukrainaga qarshi urushda qatnashayotgan xorijliklarning yarmidan ko‘pini Markaziy Osiyoliklar tashkil etadi.
«Xochu jitь» loyihasiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston Ukraina urushiga yollangan chet elliklar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi.
2026 yil o‘rtasiga kelib Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolagan qariy b5000 O‘zbekiston fuqarosi shaxsiy ma’lumoti aniqlangan.
Haqiqiy raqamlar bundan ham ko‘p deb ko‘riladi.
Janglarda Ukrainada asirga tushgan eng ko‘p xorij mamlakati fuqarolari ham bugun o‘zbekistonliklar bo‘layaptilar.
Odil Turdiqulov o‘z intervyulari orqali insonlarni o‘z vatani bo‘lmagan mamlakat uchun nima qo‘liga qurol olishga undagani motivlarini aniqlashtirishga intiladi.
Jurnalist bilan telekamera qarshisida suhbatga va keyin bu intervyuning keng jamoatchilikka oshkor etilishiga ko‘ngan har bir harbiy asirga shu savolni beradi Odil Turdiqulov.
Kimdir Rossiya tomoni va’da qilgan katta pul uchun, yana kimdir Rossiya SVO("Maxsus harbiy amaliyot") deb atayotgan urushda qatnashish evaziga Rossiya pasportini qo‘lga kiritishni istaganini, yana boshqa birov Rossiya qamoqxonasida jazoni o‘tayotgan vaqti yollangani yoki Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzish uchun qiynoqqa solinganini aytadi.
Harbiy asirlarning hammasi o‘zlarining aldanganliklarini aytdilar.
Urushga yuborilishlaridan oldin faqat jabha ortida ish bilan mashg‘ul bo‘lishlarini aytishgan, biroq jabhaning eng oldingi chizig‘iga tashlanganlar.
Bugungacha Ukraina urushida halok bo‘lgan 480 o‘zbekistonlik shaxsi aniqlangan, yangi ma’lumot kelib tushishi hisobiga bu raqam ham ortib borayapti.

Odil Turdiqulov aksar videolariga "Bu bizning urush emas" deb sarlavha qo‘yadi, intervyu bergan aksar harbiy asirlar o‘zlarining aldanganliklari, vatani himoyasi uchun bo‘lmagan urushni o‘zining urushi sanamasliklarini aytadilar.
Odil Turdiqulov 2025 yil oktyabrida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining insoniy o‘lchovlarga bag‘ishlangan Varshava konferentsiyada ma’ruza qildi.
U o‘z ma’ruzasida Ukrainaga qarshi urushda Rossiya Markaziy Osiyo fuqarolarini qanday yollayotgani mavzusini ko‘tardi.
Odil Turdiqulov o‘z ma’ruzasida Kreml tobora ko‘p Markaziy osiyoliklarni Ukraina urushiga jalb etish maqsadida mintaqa davlatlariga iqtisodiy bosimlar qilayotganini aytdi.
Hamon Rossiya tele kanallari ko‘rsatuvlarini mintaqa mamlakatlarida tomosha qilish mumkinligi, ushbu propaganda oqibatida ko‘plab insonlar "Rossiya Ukrainadagi natsistlarga qarshi urush"ib to‘g‘ri qilayapti deb ishonishlari va jangovar harakatlarga qo‘shilib qolayotganini urg‘uladi Qirg‘iz jurnalisti.
Odil Turdiqulov mintaqa mamlakatlari rahbariyatlarining Rossiya propagandasiga munosabati sust ekanini tanqid qildi.
Odil Turdiqulovga ko‘ra, Markaziy Osiyo siyosatchilari o‘z fuqarolarining Rossiya tomonidan Ukraina urushiga yollash harakatlariga ochiqchasiga, keng jamoatchilik oldida munosabat bildirishlari, o‘z fuqarolari orasida tushuntirish ishlarini kuchaytirmoqlari lozim.

Surat manbasi, kenesh.kg
Yaqinda Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida tug‘ilgan yigitni Jogorku Kenesh deputati Oysaraxon Abdibaeva Ukraina urushiga tashlanayotgan vaqtda olib qolishning uddasidan chiqdi.
Ismi e’lon qilinmayotgan yigit Rossiyada olti oyga qamalgan, jazo muddati tugay deb qolganda, Rossiya harbiylari uni majburlab urushga tashlamoqchi bo‘ldilar.
Moskvadagi Qirg‘iz elchiligini xabardor qilishning uddasidan chiqqan yigitning ishiga mamlakat parlamenti - Jogorku Kenesh deputati Oysaraxon Abdibaeva aralashdi.
Deputat Jogorku Kenesh majlisida ushbu masalani ko‘tardi, Prezident Sadir Japarovdan ushbu ishga aralashishni so‘radi.
"Urushda qatnashishga qarshi bo‘lgan fuqaromizni o‘zimizga qaytarib berishsin", dedi deputat Jogorku Keneshdagi chiqishida.
"Agar men deputat sifatida yordam bera olmasam, elchi yordam bera olmasa, huquq-tartibot organlari va Mudofaa vazirligi yordam bera olmasa, unda bizning nima keragimiz bor?", dedi Oysaraxon Abdibaeva Bi-bi-siga.
Ushbu yagona holatni inobatga olmaganda, Odil Turdiqulov fikricha, hozircha butun mintaqa siyosatchilari o‘z yurtdoshlarini Ukraina urushidan qaytarish yo‘lida o‘z mamlakati jamoatchiligining bosimini his qilayotganlari yo‘q.

Surat manbasi, Facebook
Rossiya Ukrainaga to‘laqonli bosqin boshlagan 2022 yil fevralidan buyon nechta O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida aniq ma’lumotni O‘zbekiston rasmiylari e’lon qilganlari yo‘q.
Biroq mustaqil tadqiqotchilar va xalqaro loyihalar ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining tasdiqlangan soni 229 nafardan 480 nafargacha deb ko‘riladi.
Tahlilchilarning fikricha, qurbonlarning haqiqiy soni bundan bir necha barobar yuqori bo‘lishi mumkin, chunki ko‘plab halok bo‘lganlar haligacha shaxsi aniqlanmagan yoki bedarak yo‘qolganlar sifatida qayd etilgan.
2026 yil iyul holatiga ko‘ra, BBC Rus xizmati va «Mediazona» nashri qo‘shma surishtiruvi urushda halok bo‘lgan 229 nafar O‘zbekiston fuqarosini tasdiqlagan.
Ushbu ro‘yxatga faqat o‘limi ochiq manbalar orqali to‘liq tasdiqlangan shaxslar kiritilgan.
Bunda rasmiy ta’ziya xabarlari, qarindoshlarining ijtimoiy tarmoqlardagi e’lonlari hamda yangi harbiy qabrlar suratlari asos sifatida olingan.
O‘zbekiston fuqarolari Tojikiston fuqarolari bilan birga Rossiya armiyasi safida halok bo‘lgan xorijlik yollanma jangchilarning eng ko‘p sonli guruhlaridan birini tashkil etadi.
Rossiya harbiylarining ixtiyoriy ravishda taslim bo‘lishiga ko‘maklashadigan Ukrainaning «Xochu jitь» loyihasi ichki ma’lumotlar bazalari, halok bo‘lganlarning hujjatlari va harbiy asirlar haqidagi ma’lumotlarga tayangan holda yanada kengroq ro‘yxatlarni e’lon qilgan.
Ularning hisobotlariga ko‘ra, urushda kamida 481 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.
Loyiha ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya tomonidagi jangovar harakatlarda ishtirok etgan yoki ishtirok etayotgan 4 800 nafardan ortiq o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlangan.





























