Rossiyada o‘lat chiqqanmi – AQSh 'diqqat bilan' kuzatib turibdi, Irkutskda O‘zbekiston, Markaziy osiyolik migrantlar ham ko‘p

Surat manbasi, EPA
Rossiyada o‘lat tadqiqotchisi vafot etgan.
Aksariyat mintaqa davlatlari allaqachon ehtiyot chorasini ko‘rib bo‘lishgan.
Rossiya ko‘pchilik Markaziy Osiyo aholisi uchun eng yirik tashqi mehnat bozori.
U yerda hozir ham millionlab Markaziy osiyolik ishlaydi.
Rossiya mintaqaga ham chegaradosh.
Qozog‘iston bilan quruqlikdagi chegarasi dunyodagi eng uzuni.
So‘nggi tafsilotlar.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
AQSh munosabati
Laboratoriya xodimasi Sibirdagi o‘latni tadqiq etish markazida vafot etgan.
BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da
A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing
End of podcast promotion
Rossiyada yuz bergan hodisa mintaqada ham keng aks-sado bergan, sarlavhalarga chiqqan.
Shu kunlarda eng ko‘p va izchil yoritilayotgan mavzulardan biriga aylangan.
Bunga Amerika tomonining rasmiy munosabatiga oid xabarlar so‘nggi soatlarda olingan.
Xabarlarga ko‘ra, bu haqda shaxsan AQSh Prezidenti Donald Trampning o‘zi gapirgan.
Yana AQSh Davlat kotibi ham o‘zining rasmiy munosabatini bildirib o‘tgan.
Trampning aytishicha, AQSh bu hodisani "o‘ta diqqat" bilan kuzatib turibdi.
Marko Rubio ham Vashington xuddi shunday qilayotganini tasdiqlab o‘tgan.
Bayonotlar Rossiyadagi holat endi zotiljamli - pnevmonik o‘lat tarqalishi mumkin, degan xavotirlar manzarasida yangragan.
Ammo, AQSh Davlat kotibiga ko‘ra, xavotirlanishga asos yo‘q.
"Agar shunday holat yuzaga chiqsa, u tez tarqalishi mumkin. Shu bois biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Menimcha, bu xavotirga tushishga asos bo‘lmaydi, biroq bu holatga e’tibor qaratish va uni nazoratda ushlab turish lozim; biz aynan shunday qilyapmiz", - deb aytgan Marko Rubio.
Oktyabr oyida AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyoga safari ham rejalangan.
...Menimcha, bu xavotirga tushishga asos bo‘lmaydi, biroq bu holatga e’tibor qaratish va uni nazoratda ushlab turish lozim; biz aynan shunday qilyapmiz.
Rossiya tomoni nima deydi?

Surat manbasi, Science Artwork/Science Photo Library/Getty
Irkutsk gubernatori o‘lim sababini "kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya" deb e’lon qilgan.
Gubernator ayolning "biologik namunalarida" uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq "hech qanday mikroorganizmlar" aniqlanmaganini aytgan.
Ayrim tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, vafot etgan ayol yo kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan probirkani sindirib qo‘ygan.
Yoki yovvoyi kemiruvchilar orasida o‘lat tabiiy ravishda uchraydigan hududga uyushtirilgan safardan keyin kasallangan.
Irkutsk gubernatorining ma’lum qilishicha, o‘shandan buyon tadqiqot markazidan hech kim shifoxonaga murojaat qilmagan.
Igor Kobzev bu haqdagi chiqishida "Rospotrebnadzor"ga tayangan.
Nazorat organiga ko‘ra, biologik xavfsizlik guruhi Irkutskdagi Sibir va Uzoq Sharq o‘latga qarshi kurash institutini ko‘zdan kechirgan. U yerda hech qanday favqulodda vaziyat aniqlamagan.
Kreml matbuot kotibi odamlarni "turli mish-mishlarga quloq solmaslikka" da’vat qilgan.
Dmitriy Peskov ularni buning o‘rniga "Rospotrebnadzor"ning rasmiy bayonotlariga tayanishga" chaqirgan.
Rossiyadan o‘tgan hafta olingan xabarlarda bemor bilan muloqotda bo‘lgani aniqlangan 200 ga yaqin kishining ehtiyot chorasi sifatida tibbiy kuzatuv ostiga olingani aytilgan.
Ularning bugungi holatlari bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar shu soatlarda imkonli emas.
Karantin ostida ekani aytilgan bu insonlarning shaxslari ham halicha ochiqlanmagan.
Ularning orasida Markaziy osiyoliklar bor-yo‘qligi ma’lum emas.
AQSh "yordam beradi"
Trampdan Rossiyadan o‘lat tarqalishi xavfiga qarshi Vashington nima qilmoqchi ekani haqida ham so‘ralgan.
AQSh prezidenti hali bu borada Kreml bilan gaplashmaganini aytib, javob bergan.
Tramp, "ularning bunday ahvolga tushganini ko‘rish o‘zi uchun og‘ir" ekanini aytgan.
"Biz yordam beramiz. Kimda shunday muammo bo‘lsa, biz har doim ko‘mak qilamiz", - deya qo‘shimcha ham qilgan.
Tramp va Rubioning bu gaplariga rasmiy Moskvaning munosabati hozircha ma’lum emas.
So‘nggi yillarda internetda bo‘y ko‘rsatgan turli xabarlarga tayanilsa, Irkutskda o‘n minglab Markaziy osiyoliklar ham mehnat qilishadi.
Ularning sirasida to‘rt mintaqa davlati - O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolari tilga olinishadi.
Rossiya hozir yana Ukraina bilan urush ichida.
Rossiya bundan tashqari dunyoning jami 14 davlatiga chegaradosh.
Bularning orasida Qozog‘istondan tashqari yana yettita postsovet davlati - Estoniya, Latviya, Litva, Belarus, Ukraina, Gruziya va Ozarbayjon ham bor.
Ulardan tashqari Norvegiya, Finlyandiya, Polsha, Xitoy, Mo‘g‘uliston va Shimoliy Koreya ham Rossiya bilan o‘zaro chegaralarini bo‘lishadi.
Pnevmonik o‘lat
Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘pka o‘latining inkubatsiya davri juda qisqa — ba’zan bor-yo‘g‘i 24 soatni tashkil etadi — va agar o‘z vaqtida tashxis qo‘yilib, davolanmasa, u o‘limga olib kelishi mumkin.
Yuqtirish yo‘llari:
Kasallangan burgalar chaqishi;
Tana suyuqligi yoki zararlangan sath, buyum, narsalarga tegish;
Nafas yo‘llari orqali ajraluvchi tomchilarni yutish;
Alomatlar orasida:
Nafas qisishi va yo‘tal, ko‘pincha qon aralash balg‘am ajralishi kuzatiladi.
Reding universitetining hujayra mikrobiologiyasi bo‘yicha dotsenti doktor Saymon Klark, "pnevmonik o‘lat odamdan odamga yuqishi mumkin, shu bois ham bu borada xavotir mavjud", - deydi.
Ammo, unga ko‘ra, "albatta, har qanday yuqumli kasallik avj olganda odamlarning xayoliga darhol karantin choralari va COVID keladi; biroq bu holatda bunday bo‘lmaydi".
Irkutsk viloyatida o‘lat epidemiyasi ehtimoli OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.
Matbuot xabarlariga ko‘ra, Irkutskdagi bir nechta shifoxona karantinga olingan.
Mahalliy zavodda esa niqob taqish majburiy qilib belgilangan.
Hatto Rossiya Bosh sanitariya shifokori Anna Popova ham ushbu hududga tashrif buyurgani aytilmoqda.
Biroq na federal va na mahalliy hokimiyat organlari hududda o‘lat epidemiyasi boshlanganini tasdiqladi.




























