Zelenskiy: Bu Gitler yaxshi do‘st degandek gap
Bi-bi-siga bergan intervyusida Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy joriy AQSh rahbariyatining Ukraina urushi borasida tutgan mavqe’idan qattiq noroziligini bildirdi.
U hayotiy ahamiyatga ega zenit-raketa mudofaa tizimlari yetkazib berishdagi kechikishlar ukrainaliklarning hayotiga zomin bo‘layotganini aytdi hamda tinchlik muzokaralari davomida AQSh Rossiyaga yetarlicha bosim o‘tkazmayotganidan shikoyat qildi.
Kiev markazidagi Ukraina prezidenti binosida Bi-bi-siga bergan intervyusida Ukraina Prezidenti Zelenskiy AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni "mening do‘stim" deb atab, Putinni quchoqlab turgan foto suratini e’lon qilganini «g‘alati» deb atadi.

«Albatta, bu Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentining ishi, ammo... bu g‘alati», dedi Zelenskiy ingliz tilida so‘zlar ekan.
«U(Putin) bosqinchi va qotil... U do‘st bo‘la olmaydi. Shunchaki bo‘la olmaydi», dedi u.
Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, bu Ikkinchi Jahon urushi paytida Adolf Gitler bilan do‘st bo‘lganingizni aytish bilan barobar.