Saudiya Arabistoni Eron-AQSh urushiga qo‘shildimi?
Saudiya Arabistoni Eron-AQSh urushiga qo‘shildimi?
Published
Yaqin Sharqda vaziyat yana keskinlashdi.
AQSh va Saudiya Arabistoni Iroqdagi Eron tarafdori qurolli guruhlarga qo‘shma havo zarbalari berdi. Saudiya bu amaliyotni dron hujumlariga javob deb atamoqda.
Iroqdagi xalq safarbarlik kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, zarbalarda kamida 20 kishi halok bo‘lgan.
Eng muhim jihat - Saudiya bu safar AQSh bilan birga harbiy operatsiyada qatnashdi.
Shu bilan birga, dunyo e’tibori Hormuz bo‘g‘oziga qaratilgan. Chunki global neft tashuvlarining katta qismi aynan shu yo‘lak orqali o‘tadi.
Sizningcha, bu vaqtinchalik keskinlashuvmi yoki mojaroning yangi bosqichi?